Yonbagʻir nishabligi 15° dan ortiq boʻlgan, koʻchki siljish tekisliklari yaqinida joylashgan, jinslari fizik-geologik jarayonlar taʼsirida buzilgan, shuningdek xarsangtosh uyumlari, koʻchki, gruntning suyuqlanishi, oʻpirilish, karst, kon lahimlari yoki sel oqimlari xavfi mavjud qurilish maydonchalarida batafsil muhandislik-geologik va muhandislik-geofizik izlanishlar oʻtkazilishi lozim.
Bunday maydonchalarda barqarorlik hisob-kitoblari, muhandislik himoyasi va antiseysmik chora-tadbirlar nazarda tutilmasdan bino va inshootlarni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Poydevor tovonidan hisoblanadigan 10 m qalinlikdagi grunt qatlamida umumiy qalinligi 3 m dan ortiq boʻlgan quyidagi gruntlar mavjud boʻlsa, bunday asos seysmik jihatdan noqulay deb hisoblanadi:
zichlanmagan, namlangan yoki suvga toʻyingan shagʻalli, yirik va oʻrtacha yiriklikdagi qumlar (e≥0,7), shuningdek mayda va changsimon qumlar (e≥0,6);
qumoq, qumloq, gilli va illi gruntlar;
toʻkma qumlar, shuningdek toʻkma changsimon-gilli gruntlar.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.