Asosiy qismga o‘tish

Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26

SHNQ 2.01.03-26, 16-band

3-bob. Umumiy qoidalar

16

Mazkur SHNQning 15-bandida nazarda tutilgan seysmik jihatdan noqulay maydonchalarda qumli gruntlarning seysmik xossalarini yaxshilash, suvga toʻyingan gruntlarni mustahkam gruntlarga almashtirish yoki zichlashtirish, shuningdek poydevor va konstruktiv tizimning barqarorligini taʼminlovchi chora-tadbirlar muhandislik-geologik izlanishlar hamda hisob-kitoblar asosida nazarda tutilishi lozim.

Bunday qurilish maydonchasining hisobiy seysmikligi gruntning seysmik xossalari qayta baholanganidan keyin mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq aniqlanadi.

SMH xaritasi mavjud boʻlgan maydonchalar uchun hisobiy seysmiklik takroriy seysmik mikrotumanlashtirish tadqiqotlari natijalari asosida aniqlashtiriladi.

1-jadval
Grunt toifasiGruntning seysmik xossalariHududning seysmikligiga koʻra qurilish maydonchasining seysmikligi, ball
789
I1. Suvga toʻyingan holatda bir oʻq boʻyicha siqilgandagi mustahkamlik chegarasi Rs>1 MPa boʻlgan yoki boʻylama toʻlqinlar tarqalish tezligi vp>3000 va vs>1700 m/s boʻlgan har qanday turdagi qattiq qoyali togʻ jinslari
2. Seysmik toʻlqinlar tarqalish tezligi vp>2500 va vs>900 m/s boʻlgan yirik siniqtosh gruntlar (yumaloq va oʻtkir qirrali yirik toshlar (valun), xarsangtosh
678
II1. Suvga toʻyingan holatda bir oʻq boʻylab siqilganda, mustahkamlik chegarasi Rs≤1 MPa yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>1300 va vs>600 m/s boʻlgan (nuragan va oʻta nuragan) barcha turdagi qattiq qoyali togʻ jinslari
2. Seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>300 va vs>500 m/s boʻlgan yirik siniqtosh gruntlar (silliqlangan chaqiqtosh, mayda shagʻal, chaqiqtosh, oʻtkir qirrali mayda shagʻal
3. Qumli gruntlar:
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>350 m/s, kam namlangan, gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,7 boʻlgan yirik va oʻrtacha yiriklikdagi shagʻalli qumlar;
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>400 va vs>300 m/s, kam namlangan, gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,6 boʻlgan mayda va changsimon qumlar
4. Gilli gruntlar:
oquvchanlik koʻrsatkichi IL<0,5 yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>900 va vs>500 m/s boʻlgan gilli gruntlar;
oquvchanlik koʻrsatkichi IL<0,5 boʻlganda gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,8 yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>300 m/s boʻlgan qumoq va qumloq gruntlar;
oquvchanlik koʻrsatkichi IL≤0,5 boʻlganda gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,8 yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>300 m/s boʻlgan tuproqli gruntlar (lyossli, lyossimon qumoq, qumloq va gillar)
5. Toʻkma gruntlar:
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>300 m/s boʻlgan, tabiiy holda yotib zichlashgan yirik siniq toshlar;
suvga toʻyingan umumiy deformatsiya moduli E0>12 MPa yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vp>500 va vs>300 m/s boʻlgan, yotib zichlangan qumli va changsimon-gilli gruntlar
789
III1. Qumli gruntlar:
namlik darajasi Sr≤0,5 boʻlib, kam namlangan, gʻovaklilik koeffitsiyenti e≥0,7 boʻlgan holatda shagʻalli, yirik va oʻrtacha yiriklikdagi qumlar;
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤350 m/s, gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,7 boʻlgan namlangan (Sr>0,5) va suvga toʻyingan (Sr>0,8) shagʻalli, yirik va oʻrtacha yiriklikdagi qumlar;
seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤300 m/s, gʻovaklilik koeffitsiyenti e<0,6 boʻlgan namlangan (Sr>0,5) suvga toʻyingan (Sr>0,8) hamda kam namlangan (Sr≤0,5) va gʻovaklilik koeffitsiyenti e≥0,6 boʻlgan mayda va changsimon qumlar
2. Gilli gruntlar:
oquvchanlik koʻrsatkichi IL>0,5 yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤500 m/s boʻlgan gillar;
oquvchanlik koʻrsatkichi IL>0,5 boʻlib, gʻovaklilik koeffitsiyenti e>0,8 va e<0,8, yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs<300 m/s boʻlgan qumoq va qumloqlar;
oquvchanlik koʻrsatkichi IL>0,5 boʻlib, gʻovaklilik koeffitsiyenti e≥0,8 va e<0,8, yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤300 m/s boʻlgan soz tuproqli gruntlar (lyossli, lyossimon qumoq, qumloq va gillar).
3. Toʻkma gruntlar suvga toʻyingan umumiy deformatsiya moduli E0≤12 MPa yoki seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi vs≤300 m/s boʻlgan, tabiiy yotib zichlangan qumli va changsimon gilli gruntlar
89>9
Izohlar:
1) grunt qatlamida lyossli choʻkuvchan gruntlar mavjud boʻlganda, ularning choʻkuvchanlik xossalarini bartaraf etish boʻyicha tadbirlar nazarda tutilishi lozim;
2) qalinligi 10 m boʻlgan (poydevor tovonidan hisobga olinganda) grunt qatlami chegarasida umumiy 5 m dan ortiq boʻlgan grunt qatlamining tarkibi bir jinsli boʻlmasa, qurilish maydonchasi seysmik jihatdan noqulay hisoblanadi;
3) bino va inshootdan foydalanish davrida yer osti suvlari sathining koʻtarilishi yoki gruntning suvga toʻyinishi prognoz qilinsa, grunt toifasi eng noqulay gidrogeologik sharoit uchun belgilanadi;
4) seysmikligi 6 balli va seysmiklik xossalari boʻyicha grunt III toifaga mansub boʻlgan hududlarda qurilish maydonchasining seysmikligi 7 ball deb qabul qilinadi;
5) gruntlarning muhandislik-geologik va seysmiklik xossalari haqida tegishli maʼlumotlar boʻlmagan yer osti suvlarining sathi 5 m dan yuqori boʻlgan hollarda, gilli va toʻkma (qumli va changsimon gilli) gruntli maydonchalarda gruntlarning seysmiklik xossasi boʻyicha toifasini aniqlash uchun batafsil muhandislik-geologik yoki muhandislik-geofizik izlanishlar oʻtkazilishi lozim;
6) boʻylama vp va koʻndalang vs toʻlqinlar tarqalish tezliklari grunt toifasini aniqlashda mazkur jadvalda belgilangan tartibda qoʻllaniladi. Ularning qiymatlari muhandislik-geologik va muhandislik-geofizik izlanishlar natijalari asosida tajriba yoki hisoblash usullari bilan aniqlanadi;
7) SMH xaritasida belgilangan qurilish maydonchasining seysmikligini faqat muhandislik-geologik izlanishlar maʼlumotlari va ushbu SHNQning 1-jadvali asosida oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.