Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 152-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 2-§. Karkasli binolar
Seysmikligi 9 ballgacha boʻlgan hududlarda seysmik yuklamalarni qabul qilishda ishtirok etadigan yoki ishtirok etmaydigan gʻishtli va toshli toʻldiruvchi devorlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Toʻldiruvchi devorlar karkasning seysmik yuklamalarni qabul qilishdagi ishida ishtirok etganda, ular bikirlik diafragmalari sifatida hisoblanishi va loyihalanishi lozim. Bunda toʻldiruvchi devorlar ustunlar oraligʻiga joylashtirilishi hamda ustunlar va rigellar bilan ishonchli bogʻlanishi lozim.
Devorlar, shu jumladan oʻz ogʻirligini mustaqil koʻtaruvchi devorlar, yuk koʻtaruvchi karkas konstruksiyalari bilan ishonchli bogʻlanishi lozim. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari devor konstruksiyalariga loyihaviy yechimlarga muvofiq mahkamlanishi kerak.
Chizma
3D ko‘rinish
3D ko‘rinish ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ochiq. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.