Normativ hujjatlar SHNQ 2.01.03-26
SHNQ 2.01.03-26, 153-band
5-bob. Turar joy obyektlari, jamoat, sanoat binolari va inshootlari · 2-§. Karkasli binolar
Binoga taʼsir etuvchi gorizontal va vertikal seysmik yuklamalarni qabul qilishda ishtirok etadigan toʻldiruvchi devorli karkaslar quyidagi turlarga ajratiladi:
turdagi karkaslar — karkas konstruksiyalari, odatda, yigʻma-yaxlit yoki yigʻma temirbetondan barpo etilgandan soʻng, har bir qavat doirasida ustunlar orasi toʻldiruvchi devorlar bilan toʻldiriladigan karkaslar;
II turdagi karkaslar — har bir qavat doirasida devor terimi karkasni barpo etish ishlaridan oldin amalga oshiriladigan, ustunlar oʻrnida boʻshliqlar qoldiriladigan va terim qisman yon qolip vazifasini bajaradigan karkaslar. Bunda ustunlar, odatda, yaxlit temirbetondan, rigellar esa yigʻma-yaxlit temirbetondan, ayrim hollarda yaxlit temirbetondan barpo etiladi.
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.