Birinchi guruh chegaraviy holatlar (CHH-1) boʻyicha tekshirishda konstruktiv tizimda yoki uning alohida qismlarida hosil boʻladigan maksimal nisbiy noelastik deformatsiyalar mazkur SHNQning 6-jadvalida keltirilgan yoʻl qoʻyiladigan qiymatlardan oshmasligi lozim.
Bunda darzlar hosil boʻlishi, elementlarning shikastlanishi va materiallarning plastik deformatsiyalanishi natijasida konstruktiv tizimning yuk koʻtarish qobiliyati hamda barqarorligi yoʻqolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
| T/r | Konstruktiv yechimlar | Chegaraviy nisbiy noelastik deformatsiya, μk |
|---|---|---|
| 1. | Tosh-gʻishtli binolar | 2,5 |
| 2. | Kompleks konstruksiyali, shu jumladan, aralash yuk koʻtaruvchi konstruksiyali binolar | 5,0 |
| 3. | Karkasli tizimlar: temirbeton poʻlat | 10,0 15,0 |
| 4. | Yirik panelli, hajmiy-blokli, yaxlit devorli binolar | 10,0 |
| 5. | Rama-bogʻlamli tizimlar: temirbeton poʻlat | 7,5 10,0 |
| 6. | Yaxlit temirbetondan bogʻlamli (bikirlik yadrosiga ega) tizimlar | 8,0 |
| 7. | Bir yoki bir necha quyi qavati karkasli, qolgan yuqori qavatlari yuk koʻtaruvchi devorlardan yoki diafragmalardan iborat boʻlgan binolar | 3,0 |
| 8. | Minorasimon konsolli inshootlar | 2,0 |
| Izoh. [μk] ga aniqlik kiritishga, jumladan, yangi konstruktiv tizim qoʻllanilgan binolarni loyihalash uchun eksperimental va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar hamda maxsus texnik shartlar asosida aniqlashga yoʻl qoʻyiladi. | ||
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.