Asosiy qismga o‘tish

BIMFab Pulse

Firmangizda kim qaysi loyihada va qancha ishlayapti

NORMA plagini Revit ichida har xodimning ish vaqtini o‘zi hisoblaydi: qaysi loyiha, qachon boshladi, qancha faol ishladi, qancha harakatsiz turdi. Rahbar hammasini bitta sahifada ko‘radi.

14 kun bepul sinab ko‘ring Narx va kalkulyator

Revit 2024–2027 · NORMA plagini ichida ishlaydi · kompyuter va telefonda

Pulse «Tahlil» bo‘limi: KPI kartalari va kunlar bo‘yicha grafik
Namuna ma’lumotlar: firma, xodimlar va loyihalar nomlari o‘ylab topilgan.

Nega kerak

Loyiha tashkiloti rahbari har kuni beradigan savollarga — Revit’dagi haqiqiy ish vaqti asosida javob.

Loyiha qancha soat oldi?

Har loyiha bo‘yicha sarflangan faol soatlar — keyingi loyihaning narxi va muddatini hisoblash uchun haqiqiy raqam.

Muddat yaqinlashdimi?

Loyiha muddatiga 3 kun qolganda va muddat o‘tganda bildirishnoma. Shoshilinch ish chiqsa — loyihani pauza qilib, muddatini surish.

Kim nima bilan band?

Hozirgi holat: kim Revit’da ishlayapti, kim harakatsiz, kim tanaffusda yoki uchrashuvda — telefoningizdan ham.

Masofadan ishlash adolatli baholanadimi?

Ofisda o‘tirgan vaqt emas, Revit’dagi faol ish vaqti hisoblanadi. Xodim o‘z statistikasini o‘zi ko‘radi.

Imkoniyatlar

Firma admini hamma xodimlarni ko‘radi, xodim — faqat o‘zini. Hamma bo‘lim kompyuter va telefonda ishlaydi, uch tilda.

Hozir

Har xodim kartasida joriy holat va loyiha: yashil — ishlayapti, sariq — harakatsiz, qizil — uzoq harakatsiz, ko‘k — tanaffus yoki uchrashuv, kulrang — Revit yopiq. Bugungi faol vaqt — har kartada.

  • Sariq va qizil chegarasini admin belgilaydi (standart 2 va 10 daqiqa)
  • Har daqiqada o‘zi yangilanadi
Pulse «Hozir» bo‘limi
Namuna ma’lumotlar: firma, xodimlar va loyihalar nomlari o‘ylab topilgan.

Tahlil

Davr bo‘yicha KPI va grafiklar: faol ish vaqti, faollik ulushi, xodim boshiga kunlik o‘rtacha, muddati o‘tgan loyihalar — oldingi davr bilan solishtirib.

  • Kunlar bo‘yicha: faol, qo‘lda belgilangan, harakatsiz va uzoq harakatsiz soatlar
  • Xodimlar va loyihalar bo‘yicha grafiklar, har biri jadval ko‘rinishida ham
Pulse «Tahlil» bo‘limi
Namuna ma’lumotlar: firma, xodimlar va loyihalar nomlari o‘ylab topilgan.

Kun chizig‘i

Har xodimning kuni rangli lentada: soat nechida boshladi, qachon to‘xtadi, qaysi loyihada va qaysi faylda ishladi.

  • Ish vaqti chegarasi lentada ko‘rinadi
  • Har bo‘lakda — vaqt, loyiha, fayl va o‘zgarishlar soni
Pulse «Kun chizig‘i» bo‘limi
Namuna ma’lumotlar: firma, xodimlar va loyihalar nomlari o‘ylab topilgan.

Loyihalar

Boshlanish va yakunlanish sanasi, jamoa, sarflangan soatlar. Shoshilinch ish chiqsa — pauza va muddatni surish; Revit fayllari loyihaga bog‘lanadi.

  • Muddatga 3 kun qolganda va o‘tganda bildirishnoma
  • Pauzalar tarixi saqlanadi
Pulse «Loyihalar» bo‘limi
Namuna ma’lumotlar: firma, xodimlar va loyihalar nomlari o‘ylab topilgan.

Hisobot va Excel

Tanlangan davr uchun tabel: har xodimning kunma-kun faol soatlari, harakatsiz va qo‘lda belgilangan vaqt, loyihalar bo‘yicha soatlar.

  • Excel’ga yuklab olish (CSV)
  • Davr — 3 oygacha
Pulse «Hisobot va Excel» bo‘limi
Namuna ma’lumotlar: firma, xodimlar va loyihalar nomlari o‘ylab topilgan.

Ish hajmi

Bajarilgan ishlar hisobi: varaq, m², dona — ish turlarini firma o‘zi belgilaydi. Xodim kiritadi, admin tasdiqlaydi; yonida — shu loyihadagi Revit faol vaqti va model o‘zgarishlari soni.

  • Ish turlari katalogi va birlik narxi
  • Loyiha va xodim bo‘yicha jami, Excel’ga yuklab olish

Soatbay oylik

Har xodimga soat narxi — davr uchun summa o‘zi hisoblanadi. Qaysi holatlar to‘lanishini va ish vaqtidan tashqari soat koeffitsientini firma belgilaydi; Revit’dan tashqari ish uchun — qo‘lda tuzatish.

  • Narx oshirilsa, o‘tgan kunlar eski narxda qoladi
  • Soliq va ushlanmalar hisoblanmaydi — yakuniy oylikni firma tasdiqlaydi

Bildirishnomalar

Uzoq harakatsizlik (ish vaqtida), loyiha muddati, kun yakuni va obuna haqida — firma admini sahifasida.

Xodimlar va o‘rinlar

Admin xodim qo‘shadi, almashtiradi yoki chiqaradi; ketgan xodimning eski ma’lumoti hisobotda qoladi.

Telefonda

Alohida ilova shart emas — bimfab.uz/pulse brauzerda telefon ekraniga moslashadi.

Pulse telefonda: «Hozir» bo‘limi
Namuna ma’lumotlar: firma, xodimlar va loyihalar nomlari o‘ylab topilgan.

Qanday ishlaydi

  1. NORMA plagini o‘rnatiladi

    Har xodim kompyuteriga, o‘z emaili bilan. Firma — NORMA korporativ obunasida, Pulse unga qo‘shiladi.

  2. Xodim ogohlantiriladi

    Plagin nima yig‘ilishini ko‘rsatadi; xodim tasdiqlamaguncha hech narsa yozilmaydi.

  3. Plagin har daqiqada holat yuboradi

    Faol yoki harakatsiz, qaysi fayl. Internet uzilsa — kompyuterda to‘plab, keyin yuboradi.

  4. Rahbar bimfab.uz/pulse da ko‘radi

    Kompyuter yoki telefondan. Firmada bir nechta admin bo‘lishi mumkin.

  1. Revit — NORMA plagini faol ish vaqtini o‘zi hisoblaydi
  2. Hozir — Kim ishlayapti, kim harakatsiz — har daqiqada
  3. Kun chizig‘i — Kim qachon boshladi, qaysi loyihada ishladi
  4. Loyihalar — Har loyihaga sarflangan faol soatlar va muddat
  5. Tabel — Kunma-kun faol soatlar — Excel’ga
  6. Telefon — Rahbar telefondan ko‘radi; xodim — o‘z statistikasini

Ochiqlik

Pulse xodimni emas, Revit’dagi ishni o‘lchaydi. Nima olinishi va nima olinmasligi — aniq.

Yig‘iladi

  • Revit ochiq yoki yopiqligi, faol va harakatsiz vaqt
  • Ochiq faylning nomi (papka manzili emas)
  • Modeldagi o‘zgarishlar soni
  • Xodim o‘zi belgilagan holat: tanaffus, uchrashuv, chizma o‘qish, obyektda

Yig‘ilmaydi

  • Ekran rasmi va video
  • Yozilgan matn va bosilgan tugmalar
  • Fayl manzili va model ichidagi ma’lumot
  • Boshqa dasturlar va saytlar — faqat Revit oldindami yoki yo‘qmi aniqlanadi

Xodim o‘z statistikasini o‘zi ko‘radi. Ma’lumot 12 oy saqlanadi. BIMFAB administratori ham firma sahifasini ochishi mumkin — texnik yordam uchun.

Narx

Oyiga, firma uchun — xodimlar soniga qarab. NORMA korporativ obunasi (o‘rinlar) ustiga qo‘shiladi.

50 xodimgacha

2 000 000 so‘m / oy

  • 50 xodimda — bir xodimga oyiga 40 000 so‘m

100 xodimgacha

3 500 000 so‘m / oy

  • 100 xodimda — bir xodimga oyiga 35 000 so‘m

Keyingi har 50 xodim

+1 500 000 so‘m / oy

  • Katta firmaga — chegirmali pog‘ona

14 kun bepul sinov — firmaga bir marta. So‘rov qoldiring: BIMFAB firmangizni ulaydi va sinovni yoqadi.

14 kun bepul sinab ko‘ring NORMA bilan birga hisoblash

O‘xshash dasturlar narxi

04.11.2026 holatiga, ularning rasmiy narx sahifalaridan. So‘mda — Markaziy bank kursi bilan (1 $ = 11 911,71 so‘m). Narxlar o‘zgarib turadi — manbasini oching.

DasturNimani kuzatadiNarxBir xodimga oyiga, so‘m
BIMFab PulseFaqat Revit: loyiha, fayl, faol va harakatsiz vaqt; skrinshot olmaydi2 000 000 so‘m
50 xodimgacha, oyiga
40 000 dan (50 xodimda)
Hubstaff Butun kompyuter: vaqt, faollik, skrinshot, dastur va saytlar 4,99–10 $
xodim/oy, yillik to‘lovda
≈ 59 000 – 119 000
DeskTime Butun kompyuter: vaqt, dasturlar, skrinshot 6,42–9,17 $
xodim/oy, yillik to‘lovda
≈ 76 000 – 109 000
ActivTrak Butun kompyuter: faollik va unumdorlik tahlili 10–21 $
xodim/oy, faqat yillik
≈ 119 000 – 250 000
BIMbeats Revit, AutoCAD, Rhino ishlatilishi (AEC uchun) 7 700 $
yiliga 50 ta kompyuter (uchinchi tomon katalogi)
≈ 153 000
Kickidler Butun kompyuter: vaqt, ekran, faollik 180 $
bir martalik litsenziya, xodimga (chegirmasiz)
≈ 2 144 000 bir marta

Adolatli solishtirish uchun: Hubstaff, DeskTime, ActivTrak va Kickidler butun kompyuterni kuzatadi (skrinshot, saytlar, dasturlar); Pulse faqat Revit’dagi ishni o‘lchaydi va loyiha hamda fayl bo‘yicha soat beradi. BIMbeats narxi — rasmiy saytidan emas, uchinchi tomon katalogidan.

Savol-javob

Bu xodimlarni yashirin kuzatish emasmi?

Yo‘q. Xodim plaginda ogohlantiriladi va tasdiqlamaguncha hech narsa yozilmaydi. Ekran rasmi, yozilgan matn, fayl manzili va boshqa dasturlar olinmaydi; xodim o‘z statistikasini o‘zi ko‘radi.

Faol vaqt qanday hisoblanadi?

Revit oldinda va oxirgi harakatdan beri sariq chegaradan (standart 2 daqiqa) kam vaqt o‘tgan bo‘lsa — faol. Chegaradan oshsa — sariq, qizil chegaradan (standart 10 daqiqa) oshsa — qizil; namunalar orasidagi qisqa chiqishlar ham hisobga olinadi. Chegaralarni firma admini o‘zgartiradi (sariq kamida 1 daqiqa).

Tanaffus yoki uchrashuvni qanday belgilaydi?

Xodim plaginda holatni o‘zi tanlaydi: tanaffus, uchrashuv, chizma o‘qiyapti yoki obyektda. Bu vaqt alohida — «qo‘lda» deb hisoblanadi.

Revit sekinlashadimi?

Plagin modelni tahlil qilmaydi: faqat vaqt, holat va o‘zgarishlar sonini hisoblab, daqiqada bir marta kichik so‘rov yuboradi.

Internet uzilsa nima bo‘ladi?

Plagin ma’lumotni kompyuterda to‘plab turadi va internet tiklanganda yuboradi.

Kim ko‘radi?

Firma adminlari — hamma xodimlarni, xodim — faqat o‘zini. BIMFAB administratori ham ochishi mumkin — texnik yordam uchun.

Excel’ga chiqarsa bo‘ladimi?

Ha: tabel va loyihalar bo‘yicha soatlar CSV faylda yuklanadi, Excel uni ochadi.

Obuna tugasa nima bo‘ladi?

Yangi ma’lumot yozilmaydi; oldingi ma’lumot 12 oy saqlanadi va ko‘rinib turadi.

14 kunlik sinov qanday beriladi?

So‘rov qoldirasiz — BIMFAB firmangizni ulaydi va Pulse’ni 14 kunga bepul yoqadi. Sinov firmaga bir marta beriladi. Xodimlar NORMA plaginida o‘z emaili bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Qaysi Revit versiyalarida ishlaydi?

Revit 2024, 2025, 2026 va 2027 — Windows’da, NORMA plagini orqali.

Firmangizda 14 kun sinab ko‘ring

So‘rov qoldiring — xodimlaringiz soni va emaillari bilan. BIMFAB firmangizni ulaydi, Pulse’ni yoqadi va admin tayinlaydi.

14 kun bepul sinab ko‘ring

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.