Asosiy qismga o‘tish

— Maqolalar

Kvartira xonalari: ШНҚ 2.08.01-24 dagi minimal o‘lchamlar

Xonalar maydoni, eni va balandligi bo‘yicha talablar bitta jadvalda — band raqamlari bilan.

Turar joy loyihasida eng ko‘p xato xona o‘lchamlarida bo‘ladi. Quyida ШНҚ 2.08.01-24 «Turar joy obyektlarini loyihalash» dagi asosiy minimal o‘lchamlar jamlangan.

Xonalar

XonaMaydoni, kamidaEni, kamidaBand
Bir xonali kvartiradagi xona14 m²—35
Umumiy xona (2 va undan ortiq xonali)16 m²3,0 m35, 36
Yotoqxona8 m² (ikki kishiga 12 m²)2,4 m35, 36
Oshxona6 m² (2+ xonalida 8 m²)1,7 m (jihoz ikki tomonda — 2,2 m)35, 39
Dahliz4 m²1,4 m35, 40
Yashash xonasiga olib boruvchi ichki yo‘lak—1,1 m40
Yordamchi xonaga olib boruvchi yo‘lak—0,9 m40
Hojatxona (qo‘l yuvgich bilan)—1,6 m43
Birlashtirilgan sanuzel42,2 m35, 43

Balandlik (38-band): yashash xonalari va oshxonalar poldan shiftgacha kamida 2,7 m, yordamchi xonalar — kamida 2,4 m.

Kvartiralar

Xonalar soni123456
Maydoni, kamida (m²)2848648096114

Kvartira maydoniga yozgi xonalar va isitilmaydigan xo‘jalik xonalari kirmaydi (34-band, 1-jadval).

NORMA plagini bu talablarni Revit modelida avtomatik tekshiradi va har bir xato yonida bandni ko‘rsatadi.

Boshqa maqolalar

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.