Asosiy qismga o‘tish

Ko‘p qavatli turar-joy binosi

To‘qqiz qavatli, uch seksiyali turar-joy binosi va uning hovlisi: bolalar, kattalar, sport, xo‘jalik va it sayr qildirish maydonchalari, chiqindi maydonchasi, avtoturargoh, yong‘in mashinasi yo‘li. Modelda elementni bosing — unga tegishli norma talablari ochiladi.

Namunaviy model — sxema. O‘lchamlar va masofalar quyidagi talablarga mos tanlangan, lekin bu tayyor loyiha emas.

Namunaviy modelning ko‘rsatkichlari

Qavatlar
9 (qavat balandligi 3,0 m)
Yuqori qavat poli sathi
24,6 m
Seksiyalar
3 ta, har biri 21,6 × 12 m
Kvartiralar
81 (har seksiya qavatida 1, 2 va 3 xonali)
Aholi (hisob uchun)
243 kishi — 3 kishi/kvartira
Uchastka
12 600 m² — UMN 0,56
Bolalar maydonchasi
352 m² (0,7 m²/kishi bo‘yicha — 170 m²)
Kattalar maydonchasi
120 m² (0,1 m²/kishi bo‘yicha — 24 m²)
Sport maydonchasi
704 m² (2,0 m²/kishi bo‘yicha — 486 m²)
Xo‘jalik maydonchasi
108 m² (0,3 m²/kishi bo‘yicha — 73 m²)
Avtoturargoh
42 joy (viloyatlar uchun norma — 41)
Ko‘kalamzorlashtirish
≈ 59 % uchastkadan

Ko‘rsatkichlar namunaviy model o‘lchamlaridan hisoblangan. Aholi soni hisob uchun bir kvartirada o‘rtacha 3 kishi deb olingan; qavslarda — ШНҚ 2.07.01-23 ning 4-jadvali bo‘yicha shu aholiga kerakli eng kam maydon.

Loyihalashda hisobga olinadigan talablar

63 ta asosiy talab. Qisqa mazmun — BIMFAB tomonidan; «Norma matni» — normaning aynan o‘zidan iqtibos. To‘liq va amaldagi matnni doim normaning o‘zidan tekshiring.

Joylashuv va yer uchastkasi

  1. Shaharda quriladigan turar joy binosining umumiy maydoni (yer ustidagi barcha qavatlar foydali maydonlari yig‘indisi) uning yer uchastkasi maydoniga nisbati (UMN) to‘rt yarim baravardan oshmasligi lozim.

    ШНҚ 2.07.01-23, 66-банд

    Norma matni
    Шаҳарда қуриладиган турар жой биносининг умумий майдони (ерустидаги барча қаватларнинг фойдали майдонлари йиғиндиси) ушбу турар жой биносини қуриш учун ажратилган ер участкаси майдонига нисбати (УМН) тўрт ярим баробардан ошмаслиги лозим.
  2. O‘zbekiston iqlim sharoitida turar joy obyektlarini janubiy, janubiy-sharqiy, sharqiy va shimoliy-sharqiy yo‘nalishda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

    SanQvaN 0102-25, 3-band

    Norma matni
    Oʻzbekiston iqlim sharoitida turar joy obyektlarini janubiy, janubiy-sharqiy, sharqiy va shimoliy-sharqiy yoʻnalishda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
  3. Turar joy qurilishi uchun tekis relyefli hudud tanlanadi; hudud nishablikda bo‘lsa, nishablikning optimal qiymati 1,5–10 foizdan oshmasligi kerak.

    SanQvaN 0102-25, 7-band

    Norma matni
    Turar joy obyektlari qurilishi uchun tekis relyefli hudud tanlab olinishi lozim. Agar tanlab olingan hudud nishablikda joylashgan boʻlsa, uning optimal qiymati 1,5 — 10 foizdan oshmasligi kerak.
  4. Nishabligi 10–20 foiz bo‘lgan hududlardan ko‘kalamzorlashtirish, sun’iy suv havzalari qurish va chuqurlashtirilgan transport yo‘llari o‘tkazish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

    SanQvaN 0102-25, 8-band

    Norma matni
    Relyefi boʻyicha nishabligi 10 — 20 foiz boʻlgan hududlardan koʻkalamzorlashtirish, sunʼiy suv havzalarini qurish va chuqurlashtirilgan transport yoʻllarini oʻtkazish maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.

Bosh reja (genplan)

  1. Ko‘p kvartirali uylar joylashgan turar joy zonalarida ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar maydoni (maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchastkalarisiz) mavze hududi maydonining 25 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

    ШНҚ 2.07.01-23, 86-банд

    Norma matni
    Кўп квартирали уй-жойлари бўлган турар жой зоналарининг кўкаламзорлаштирилган ҳудудлари майдони (мактаб ва мактабгача таълим ташкилотлари участкаларини ҳисобга олмаганда) мавзе ҳудуди майдонининг 25 фоиздан кам бўлмаслиги керак.
  2. Maktabgacha va kichik yoshdagi maktab bolalari o‘yin maydonchasi 0,7 m²/kishi hisobida; undan turar joy va jamoat binolarigacha eng kam masofa 10 m.

    ШНҚ 2.07.01-23, 4-жадвал

    Norma matni
    Майдончаларнинг ўлчамлари, m^{2}/киши | Майдончалардан турар жой ва жамоат биноларигача энг кам масофалар, m | Мактабгача ва кичик ёшдаги мактаб болаларининг ўйнаши учун | 0,7 | 10
  3. Katta yoshdagi aholining dam olish maydonchasi 0,1 m²/kishi hisobida; undan turar joy va jamoat binolarigacha eng kam masofa 6 m.

    ШНҚ 2.07.01-23, 4-жадвал

    Norma matni
    Майдончаларнинг ўлчамлари, m^{2}/киши | Майдончалардан турар жой ва жамоат биноларигача энг кам масофалар, m | Катта ёшдаги аҳолининг дам олиши учун | 0,1 | 6
  4. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari maydonchasi 2,0 m²/kishi hisobida; undan turar joy va jamoat binolarigacha eng kam masofa 10 — 40 m.

    ШНҚ 2.07.01-23, 4-жадвал

    Norma matni
    Майдончаларнинг ўлчамлари, m^{2}/киши | Майдончалардан турар жой ва жамоат биноларигача энг кам масофалар, m | Жисмоний тарбия машғулотлари билан шуғулланиш учун | 2,0 | 10 — 40
  5. Xo‘jalik maqsadlari uchun maydoncha 0,3 m²/kishi hisobida; undan turar joy va jamoat binolarigacha eng kam masofa 20 m.

    ШНҚ 2.07.01-23, 4-жадвал

    Norma matni
    Майдончаларнинг ўлчамлари, m^{2}/киши | Майдончалардан турар жой ва жамоат биноларигача энг кам масофалар, m | Хўжалик мақсадлари учун | 0,3 | 20
  6. It va boshqa uy hayvonlarini sayr qildirish maydonchasidan turar joy va jamoat binolarigacha eng kam masofa 40 m; avtoturargohlar uchun maydon 0,8 m²/kishi, binolargacha masofa 29-jadvalga muvofiq.

    ШНҚ 2.07.01-23, 4-жадвал

    Norma matni
    Майдончаларнинг ўлчамлари, m^{2}/киши | Майдончалардан турар жой ва жамоат биноларигача энг кам масофалар, m | Автотураргоҳлар | 0,8 | 29-жадвалга мувофиқ | Ит ва бошқа уй ҳайвонларини сайр қилдириш учун | - | 40
  7. Chiqindi to‘plash maydonchasidan turar joy binolari, sport, bolalar o‘yin va kattalar dam olish maydonchalarigacha masofa kamida 25 m, turar joy binosining eng uzoq kirish joyigacha esa 100 m dan oshmasligi lozim.

    ШНҚ 2.07.01-23, 93-банд

    Norma matni
    Чиқинди тўплаш майдончаларидан турар жой бинолари, жисмоний тарбия машғулотлари билан шуғулланиш, болаларнинг ўйнаш майдончалари ҳамда катта ёшдаги аҳолининг дам олиш жойларигача, шунингдек таълим, соғлиқни сақлаш ва умумий овқатланиш муассасаларигача бўлган масофа 25 m дан кам бўлмаган, турар жой биносининг энг узоқ кириш жойигача 100 m дан ортиқ
  8. Chiqindi to‘plash shoxobchalari turar joy obyektlarining derazalari va dam olish joylaridan kamida 20 m va 100 m dan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtirilishi zarur.

    ШНҚ 2.08.01-24, 346-банд

    Norma matni
    Чиқинди тўплаш шохобчалари турар жой объектларининг деразалари, дам олиш жойларидан 20 метрдан кам бўлмаган ва 100 метрдан узоқ бўлмаган масофада, шунингдек моддий маданий мерос кўчмас мулк объектларининг қўриқланадиган тегралари чегараларидан ташқарида жойлаштирилиши зарур.
  9. Ko‘p qavatli turar joy binolari uchun mashina-joylari soni kamida: Toshkent shahri va Toshkent viloyatida — har 10 ta kvartiraga 7 ta, boshqa viloyatlarda — har 2 ta kvartiraga 1 ta.

    ШНҚ 2.07.01-23, 29-жадвал

    Norma matni
    Ҳисоб бирлиги | Ҳисоб бирлигига машина-жойлари сони (камида) | Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида жойлашган кўп қаватли турар жой бинолари | 10 та квартирага | 7 та | Бошқа вилоятларда жойлашган кўп қаватли турар жой бинолари | 2 та квартирага | 1 та
  10. Yer usti, yer usti-yer osti va ochiq avtoturargohlardan turar joy binolari old tomonigacha masofa (yengil avtomobillar soni bo‘yicha) kamida: 10 tagacha — 12 m, 11 — 50 — 15 m, 51 — 100 — 25 m, 101 — 300 — 35 m, 300 dan ziyod — 50 m.

    ШНҚ 2.07.01-23, 30-жадвал

    Norma matni
    Ерусти, ерусти-ерости ҳамда очиқ автотураргоҳлар, енгил автомобиллар сони | 10 гача | 11 — 50 | 51 — 100 | 101 — 300 | 300 дан зиёд | Турар жой бинолари: | олд томонидан | 12 | 15 | 25 | 35 | 50
  11. Avtoturargohlarda mashina turish joylarining kamida 5 foizi elektromobillar uchun, 2,5-3 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtomobillari uchun ajratilishi kerak.

    ШНҚ 2.08.01-24, 26-банд Shuningdek: ШНҚ 2.07.02-24

    Norma matni
    Автотураргоҳларни лойиҳалашда автомобиллар туриш жойларининг камида 5 фоизи электромобиллар учун, 2,5-3 фоизи ШНҚ 2.07.02-24га мувофиқ ногиронлиги бўлган шахсларнинг автомобиллари учун ажратилган бўлиши керак.
  12. O‘tish yo‘llari va piyodalar yo‘laklari turar joy va jamoat binolari devorlaridan kamida 5 m uzoqlikda joylashtirilishi lozim.

    ШНҚ 2.07.01-23, 337-банд

    Norma matni
    Ўтиш йўллари ва пиёдалар йўлаклари турар жой ва жамоат бинолари деворларидан камида 5 m узоқликда жойлаштирилиши лозим.
  13. Aholisi 3 ming kishidan ortiq ko‘p qavatli turar joy binolari guruhlariga olib boruvchi o‘tish yo‘llari ikki tasmali, kengligi 5,5 m va 1,5 m kenglikdagi trotuarli qabul qilinishi lozim.

    ШНҚ 2.07.01-23, 338-банд

    Norma matni
    Аҳолиси 3 минг кишидан ортиқ бўлган кўп қаватли турар жой бинолари гуруҳларига олиб борувчи, кенглиги 5,5 m бўлган икки тасмали ва 1,5 m кенгликдаги тротуарлари бўлган ўтиш йўллари қабул қилиниши лозим.
  14. Derazali uzun tarzlar orasidagi masofa H_max·k_y (k_y — 2-ilova bo‘yicha), derazali tarzdan yo‘l tarafdagi hudud chegarasigacha H1·0,25; yopiq ichki hovlida ichki fasadlar orasida H_max·2,3.

    ШНҚ 2.07.01-23, 2-жадвал

    Norma matni
    Йўл тарафдаги ҳудуд чегарасигача бўлган масофа | Деворда деразалари бор бино тарзи (бинонинг узун томони) | Н_{1} • 0,25 | Н_{max} • k_{й} | (k_{й}) ушбу ШНҚнинг 2-иловаси бўйича қабул қилинади | Ёпиқ ички ҳовлиси бор турар жойларда биноларнинг ички фасадлари орасидаги масофа Н_{max} • 2,3 қийматида қабул қилиниши керак.
  15. Faolligi 8 ball va undan yuqori seysmik hududlarda turar joy binolarining uzun (parallel) tomonlari orasidagi masofa eng baland binoning ikki baravar balandligidan kam bo‘lmasligi lozim.

    ШНҚ 2.07.01-23, 2-жадвал

    Norma matni
    Фаоллиги 8 балл ва ундан юқори бўлган сейсмик ҳудудларда турар жой биноларнинг узун (параллель) томонлари орасидаги масофа энг баланд бинонинг икки баравар баландлигидан кам бўлмаслиги лозим.
  16. Turar joy obyektiga kirishda chiqindi qutilari va o‘rindiqlar o‘rnatilishi lozim.

    SanQvaN 0102-25, 50-band

    Norma matni
    Turar joy obyektiga kirishda chiqindi qutilari, oʻrindiqlar oʻrnatilishi lozim.
  17. Turar joy obyektini soyalab turuvchi baland shoxli daraxtlar binolardan kamida 10 m masofada ekilishi kerak.

    SanQvaN 0102-25, 103-band

    Norma matni
    Turar joy obyektini soyalab turuvchi baland shoxli daraxtlar tabiiy yorugʻlikning sezilarli darajada kamayishiga taʼsir qilmasligi uchun binolardan 10 m dan kam boʻlmagan masofada ekilishi kerak.
  18. Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 m dan baland va umumiy maydoni 500 m² dan ortiq turar joy obyektlariga tutash yerlarning 25 foizida ko‘kalamzorlashtirish amalga oshiriladi.

    SanQvaN 0102-25, 123-band

    Norma matni
    Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 m dan baland va umumiy maydoni 500 m 2 ortiq boʻlgan turar joy obyektlariga tutash hududlardagi yerlarning 25 foizida koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi lozim.

Bino: hajmiy-rejaviy yechim

  1. Kvartiraning minimal maydoni: 1 xonali — 28 m², 2 xonali — 48 m², 3 xonali — 64 m², 4 xonali — 80 m², 5 xonali — 96 m², 6 xonali — 114 m²; jadval izohiga ko‘ra raqamlar «ijtimoiy» kvartirali turar joylarga taalluqli.

    ШНҚ 2.08.01-24, 1-жадвал

    Norma matni
    Квартиралардаги хоналар сони | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | Квартира майдони*, m² | 28 | 48 | 64 | 80 | 96 | 114 | Изоҳ. Жадвалда келтирилган рақамлар, шаҳар ва қишлоқ жойлардаги «ижтимоий» квартирали турар жойларнинг барча турларига тааллуқлидир.
  2. Xonalar maydoni kamida: bir xonali kvartirada xona — 14 m², ikki va undan ortiq xonalida umumiy xona — 16 m², yotoqxona — 8 m² (ikki kishiga — 12 m²), oshxona — 6 m² (ikki va undan ortiq xonalida — 8 m²), dahliz, yo‘lak — 4 m².

    ШНҚ 2.08.01-24, 35-банд

    Norma matni
    Квартиралар яшаш хоналарининг майдонлари қуйидаги ўлчамлардан кам бўлмаслиги керак: бир хонали квартиралардаги хона — 14 m²; икки ва ундан ортиқ хонали квартиралардаги умумий хона (меҳмонхона) — 16 m²; ётоқхоналар — 8 m² (икки киши учун — 12 m²); ошхона — 6 m², икки ва ундан ортиқ хонали — 8 m²; даҳлиз, йўлак — 4 m²;
  3. Yotoqxonaning eni 2,4 m dan, umumiy xonaning eni 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

    ШНҚ 2.08.01-24, 36-банд

    Norma matni
    Ётоқхонанинг эни 2,4 m дан, умумий хонанинг эни эса 3 m дан кам бўлмаслиги керак.
  4. Yashash xonalari va oshxonalarning poldan shiftgacha balandligi kamida 2,7 m; yordamchi xonalar balandligi kamida 2,4 m bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

    ШНҚ 2.08.01-24, 38-банд

    Norma matni
    Яшаш хоналари ва ошхоналарнинг баландлиги полдан шифтгача камида 2,7 m бўлиши лозим. Ёрдамчи хоналар баландлиги камида 2,4 m бўлишига йўл қўйилади.
  5. Bino kirish joyidagi xona poli sathi kirish oldidagi trotuar sathidan kamida 0,15 m baland bo‘lishi, bunda binoga pog‘onasiz tekis kirish ta’minlanishi kerak.

    ШНҚ 2.08.01-24, 145-банд

    Norma matni
    Бинонинг кириш жойидаги хона полининг сатҳи кириш олдидаги тротуар сатҳидан камида 0,15 m баланд бўлиши, бунда бинога поғонасиз текис кириш таъминланиши керак.
  6. Har bir zinapoya katagidan chordoqqa chiqish joyi hamda har bir seksiyadan tomga chiqish joyi bo‘lishi lozim.

    ШНҚ 2.08.01-24, 84-банд

    Norma matni
    Ҳар бир зинапоя катагидан чордоққа чиқиш жойи ҳамда унинг ҳар бир секциясидан томга чиқиш жойи бўлиши лозим.
  7. Zinapoya, pandus, maydoncha, terrasa, balkon, lojiya, tom hamda sathlarida farq bo‘lgan joylarda to‘siqlar balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

    ШНҚ 2.08.01-24, 180-банд

    Norma matni
    Зинапоя, пандус, майдонча, терраса, балкон, лоджия, том ҳамда сатҳларида фарқ бўлган (баланд-паст) жойларда тўсиқлар баландлиги 1,2 m дан кам бўлмаслиги керак.
  8. Seksiyali uch va undan ko‘p qavatli binolarda yashash qavatlariga zinapoya marshining eng kichik kengligi 1,05 m, eng katta qiyaligi 1:1,75; maydoncha kengligi marshdan kam emas, tavaqalari tashqariga ochiladigan lift oldida kamida 1,6 m.

    ШНҚ 2.08.01-24, 8-жадвал

    Norma matni
    Энг кичик кенглиги, m | Энг катта қиялиги | Биноларнинг яшаш қаватларига олиб борадиган зинапоялар: | секцияли: | уч ва ундан кўп қаватли | 1,05 | 1:1,75 | 3. Зинапоя майдончасининг кенглиги зинапоя (марш) кенглигидан кам бўлмаслиги, табақалари ташқарига очиладиган лифтлар олдида эса 1,6 m дан кам бўлмаслиги керак.
  9. Yuqori qavat poli sathi yer sathidan 13 m va undan ko‘p bo‘lgan turar joy obyektlarida lift qurilmalari o‘rnatilishi lozim.

    ШНҚ 2.08.01-24, 222-банд

    Norma matni
    Юқори қават полининг сатҳи ер сатҳидан 13 m ва ундан кўп бўлган турар жой объектларида лифт қурилмаларини ўрнатиш лозим.
  10. Lift soni (minimal): 9 qavatgacha binoda 1 ta, yuk ko‘tarishi 630 yoki 1000 kg, tezligi 1,0 m/s, qavatdagi kvartiralar maydoni 600 m² gacha; 630 yoki 1000 kg li lift kabinasi gabariti 2100x1100 mm dan kam emas.

    ШНҚ 2.08.01-24, 6-илова

    Norma matni
    Бинонинг қаватлари | Лифтлар сони | Юк кўтарувчанлиги kg | Тезлиги m/s | Қаватдаги квартираларнинг энг катта майдони, m² | 9 гача | 1 | 630 ёки 1000 | 1,0 | 600 | 1. 630 ёки 1000 kg юк кўтарувчи лифт хоналарининг габаритлари 2100х1100 mm дан кам бўлмаслиги керак.
  11. Turar joy obyektini loyihalashda maydon bir kishi hisobiga 16 m² dan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 m² dan kam bo‘lmasligi kerak.

    SanQvaN 0102-25, 39-band

    Norma matni
    Turar joy obyektlarini loyihalashtirishda maydon bir kishi hisobiga 16 m 2 dan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun esa 23 m 2 dan kam boʻlmasligi kerak.
  12. Tabiiy havo almashinuvini pasaytiradigan xochsimon, G-simon va P-simon hamda uzunligi 100 m dan ortiq turar joy obyektlarini loyihalashga yo‘l qo‘yilmaydi.

    SanQvaN 0102-25, 40-band

    Norma matni
    Tabiiy havo almashinuvini pasaytiradigan xochsimon, G-simon va P-simon hamda uzunligi 100 m dan ortiq boʻlgan turar joy obyektlarini loyihalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
  13. Bir tomonlama yoritilgan xonalarning chuqurligi 6 m dan, kengligi esa chuqurligining ikki baravaridan oshmasligi zarur.

    SanQvaN 0102-25, 97-band

    Norma matni
    Bir tomonlama yoritilgan turar joy obyekti xonalarining chuqurligi 6 m dan, kengligi esa chuqurligining ikki baravaridan oshmasligi zarur.
  14. Yashash xonalarini yerto‘la qavatlarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    SanQvaN 0102-25, 57-band

    Norma matni
    Yashash xonalarini yertoʻla qavatlarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
  15. Lift oldidagi maydoncha eni bemorlarni tez yordam zambillarida tashishga imkon berishi va tashqi normaga muvofiq bo‘lishi lozim.

    SanQvaN 0102-25, 67-band Shuningdek: ШНҚ 2.07.02-24

    Norma matni
    Lift oldidagi maydoncha eni bemorlarni tez yordam zambillarida tashishga imkon berishi
  16. Liftlar va ularning shaxtalarini turar joy xonalari ustida yoki ularga tutash joylarda o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    SanQvaN 0102-25, 68-band

    Norma matni
    Liftlar va ularning shaxtalarini turar joy xonalari ustida yoki ularga tutash joylarda oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
  17. Quyoshdan himoya qilish vositasi sifatida temir-beton to‘siqlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    SanQvaN 0102-25, 43-band

    Norma matni
    Quyoshdan himoya qilish vositasi sifatida temir-beton toʻsiqlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
  18. Turar joy obyektida, texnik qavatlarda va chordoqlarda ko‘chma yoki boshqa turdagi bazaviy radioaloqa stansiyalari va boshqa radiouzatuvchi qurilmalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    SanQvaN 0102-25, 63-band

    Norma matni
    Turar joy obyektida va texnik qavatlarda hamda chordoqlarda koʻchma yoki boshqa turdagi bazaviy radioaloqa stansiyalarini va boshqa radiouzatuvchi qurilmalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
  19. Turar joy obyektlarida joylashtirilgan noturar joy obyektlari alohida kirish yo‘llariga ega bo‘lishi lozim.

    SanQvaN 0102-25, 47-band

    Norma matni
    Turar joy obyektlarida joylashtirilgan noturar joy obyektlari alohida kirish yoʻllariga ega boʻlishi lozim.

Yong‘in xavfsizligi va evakuatsiya

  1. Yong‘in-qutqaruv avtomobillari kirishi: balandligi 28 m va undan yuqori F1.3 sinfli binolarga — binoning ikkala uzun tomonidan; balandligi pastroq bo‘lsa, sanab o‘tilgan shartlardan biri bajarilganda — bitta uzun tomondan.

    ШНҚ 2.07.01-23, 666-банд

    Norma matni
    иккала узун томонидан — баландлиги 28 m ва ундан юқори бўлган Ф1.3 синфига мансуб биноларга; баландлиги 18 m ёки ундан юқори бўлган Ф1.2, Ф2.1, Ф2.2, Ф3, Ф4.2, Ф4.3, Ф4,4 синфларига мансуб биноларга; бинонинг битта узун томондан — юқорида келтирилган синфлардаги биноларнинг баландлиги паст бўлиб, қуйидаги шартларнинг бири бажарилган ҳолларда:
  2. Yong‘in-qutqaruv texnikasi o‘tish yo‘llari kengligi: bino balandligi 13,0 m gacha — 3,5 m; 13,0 m dan 46,0 m gacha — 4,2 m; 46 m dan ortiq — 6,0 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

    ШНҚ 2.07.01-23, 667-банд

    Norma matni
    Ёнғин-қутқарув техникалари ўтиш йўллари кенглиги бино (иншоот)ларнинг баландлигидан келиб чиқиб, қуйидагилардан кам бўлмаслиги керак: биноларнинг баландлиги 13,0 m гача бўлганда — 3,5 m; биноларнинг баландлиги 13,0 m дан 46,0 m гача бўлганда — 4,2 m; биноларнинг баландлиги 46 m дан ортиқ бўлганда — 6,0 m.
  3. Yong‘in-qutqaruv avtomobili kelish joyining ichki qismidan F1–F4 sinfli binolar tashqi devorigacha masofa: balandligi 28 m dan past binolar uchun 5 — 8 m, 28 m dan ortiq binolar uchun 8 — 10 m dan kam bo‘lmasligi kerak.

    ШНҚ 2.07.01-23, 675-банд

    Norma matni
    Ёнғин-қутқарув автомобили келиш жойининг ички қисмидан функционал ёнғин хавфи бўйича Ф1 — Ф4 синфларига мансуб биноларнинг ташқи деворлари ёки бошқа ўраб турган конструкцияларигача масофалар қуйидагилардан кам бўлмаслиги керак: баландлиги 28 m дан паст бўлган бинолар учун — 5 — 8 m; баландлиги 28 m дан ортиқ бўлган бинолар учун — 8 — 10 m.
  4. F1–F4 sinfli binolar orasidagi minimal yong‘inga qarshi masofa: ikkalasi I, II, III daraja C0 bo‘lsa — 6 m; ikkinchisi II, III C1 yoki IV C0, C1 bo‘lsa — 8 m; IV, V C2, C3 bo‘lsa — 10 m.

    ШНҚ 2.07.01-23, 56-жадвал Shuningdek: ШНҚ 2.01.02-04

    Norma matni
    Ф1-Ф4 синфларига биноларнинг оловбардошлик даражаси ва конструктив ёнғин хавфи синфлари асосида минимал масофалар, m | I, II, III C0 | II, III C1 | IV C0, C | IV, V C2, C3 | Ф1-Ф4 синфларига мансуб бинолар | I, II, III | С0 | 6 | 8 | 8 | 10
  5. Ko‘p kvartirali uyning yo‘l qo‘yilgan eng katta balandligi: o‘tga chidamlilik I, II darajasi, C0 sinfi — 50 m (qavat yong‘in bo‘lmasi yuzasi 2500 m² gacha); II daraja, C1 sinfi — 28 m (2200 m²).

    ШНҚ 2.08.01-24, 4-жадвал

    Norma matni
    Бинонинг ўтга чидамлилик даражаси | Бинонинг конструктив ёнғин хавфлилик синфи | Бинонинг йўл қўйилган энг катта баландлиги, m | Қаватнинг ёнғин бўлмаси (оцеки)нинг йўл қўйилган энг катта юзаси, m² | I, II | CО | 50 | 2500 | II | СI | 28 | 2200
  6. Kvartira eshigidan chiqishgacha eng olis masofa (I, II daraja, C0 sinf): zinapoya bo‘lmalari yoki tashqi kirishlar oralig‘ida — 40 m, boshi berk yo‘lak yoki galereyaga chiqishda — 25 m.

    ШНҚ 2.08.01-24, 7-жадвал

    Norma matni
    Квартира ёки ётоқхона эшигидан чиқишгача бўлган энг олис масофа, m | Зинапоя бўлмалари ёки ташқи киришлар оралиғида жойлашганда | Боши берк йўлак ёки галереяга чиқишда | I, II | CО | 40 | 25
  7. Balandligi 28 m gacha turar joy obyektlarida qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 m² dan ortiq seksiyalarda evakuatsiya kamida ikkita oddiy yoki tutun qoplamaydigan zinapoya katagiga chiqish orqali amalga oshirilishi kerak.

    ШНҚ 2.08.01-24, 190-банд

    Norma matni
    Баландлиги 28 м гача бўлган турар жой объектларида қаватдаги квартираларнинг умумий майдони 500 м² дан ортиқ секцияларда эвакуация қилиш камида иккита оддий ёки тутун қопламайдиган зинапоя катагига чиқиш орқали амалга оширилиши керак.
  8. 15 m dan yuqorida joylashgan har bir kvartirada derazalar orasi kamida 1,6 m yoki balkon (lojiya) chetidan derazagacha kamida 1,2 m yopiq devorli balkon yoki ochiq (oynalanmagan) lojiyaga avariya evakuatsiya chiqishi bo‘lishi kerak.

    ШНҚ 2.08.01-24, 188-банд

    Norma matni
    15 m дан юқорида жойлашган ҳар бир квартирада балкон ёки лоджияга чиққан деразалар ораси камида 1,6 m ёки балкон (лоджия) четидан деразагача камида 1,2 m ли ёпиқ девори бўлган балкон ёки очиқ (ойналанмаган) лоджияга авария эвакуация чиқиши бўлиши керак.
  9. Tom yoki chordoqqa zina kataklaridan chiqish joylari oldida maydonchasi bo‘lgan zinapoyalar bo‘yicha, o‘lchamlari 0,75x1,5 m dan kam bo‘lmagan 2-turdagi yong‘inga qarshi eshiklar orqali ko‘zda tutilishi kerak.

    ШНҚ 2.01.02-04, 7.4-банд

    Norma matni
    Том ёки чордоққа зина катакларидан чиқиш жойлари, чиқиш олдида майдончаси бор, зинапоялар бўйича, ўлчамлари 0,75x1,5 м. дан кам бўлмаган 2 турдаги ёнғинга қарши эшиклар орқали назарда тутилиши керак.
  10. Balandligi 28 m gacha binolar fasadini pardozlash va qoplashda YO2-YO4, 28 m va undan yuqori binolarda YO1-YO4 yonuvchanlik guruhidagi qurilish materiallaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    ШНҚ 2.01.02-04, 6.19¹-банд

    Norma matni
    Биноларнинг фасадлари, хоналари ва эвакуация йўлларида қуйидаги ёнувчанлик даражасига эга қурилиш материалларидан фойдаланишга йўл қўйилмайди: YO2-YO4 — баландлиги 28 м гача бўлган биноларнинг фасадларини пардозлаш ва қоплашда; YO1-YO4 — баландлиги 28 м ва ундан юқори бўлган биноларнинг фасадларини пардозлаш ва қоплашда;
  11. Besh qavat va undan baland turar joy obyektlarining yo‘lak va zinapoyalarida evakuatsiya uchun favqulodda yoritish tizimi o‘rnatiladi; u pol va pog‘onalarda kamida 0,5 lx yorug‘lik beradi.

    SanQvaN 0102-25, 111-band

    Norma matni
    Balandligi besh qavat va undan yuqori boʻlgan turar joy obyektining yoʻlak va zinapoyalarida evakuatsiya uchun favqulodda yoritish tizimi oʻrnatilishi zarur. Evakuatsiya yoritgichi odatdagi yoritish toʻxtaganda, yoʻlaklar poli va zinapoya pogʻonalarida kamida 0,5 lx yorugʻlikni taʼminlashi lozim.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun

  1. Bino kirish eshiklari oldida tambur loyihalanadi: eni kamida 1,6 m, uzunligi kamida 2,2 m; aravachadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tambur kirish joyi tashqarida kamida 1,4x2,0 m bo‘lishi lozim.

    ШНҚ 2.07.02-24, 49-банд

    Norma matni
    тамбур лойиҳаланиши лозим. Тамбурнинг эни камида 1,6 m ва узунлиги камида 2,2 m бўлиши керак. Ўриндиқли аравачадан фойдаланадиган ногиронлиги бўлган шахслар учун тамбурнинг кириш жойи етарли ўлчамларга (ташқарида камида 1,4х2,0 m) эга бўлиши
  2. O‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun pandus kengligi kamida 1,0 m; har bir marshning ko‘tarilish balandligi 0,8 m dan oshmasligi, bo‘ylama qiyaligi 1:12,5, ko‘ndalang nishabligi 1:50 bo‘lishi lozim.

    ШНҚ 2.07.02-24, 42-банд

    Norma matni
    Ўриндиқли аравачадан фойдаланадиган ногиронлиги бўлган шахслар ҳаракатланиши учун пандуснинг кенглиги 1,0 m дан кам бўлмаслиги керак. Пандус ҳар бир маршининг кўтарилиш баландлиги 0,8 m дан ошмаслиги, бунда пандуснинг бўйлама қиялиги 1:12,5, кўндаланг нишаблиги эса 1:50 нисбатда бўлиши лозим.
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport vositasi uchun ixtisoslashtirilgan to‘xtash joyi o‘lchamlari 3,6 x 6 m dan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    ШНҚ 2.07.02-24, 200-банд

    Norma matni
    Ногиронлиги бўлган шахсларнинг транспорт воситаси учун ихтисослаштирилган тўхташ жойининг ўлчамлари 3,6 х 6 m дан кам бўлишига йўл қўйилмайди.

Yoritish va insolyatsiya

  1. Turar joy xonalarini tabiiy yoritish 7-ilovadagi TYoK me’yoriy qiymati asosida loyihalanadi; derazalar maydonining yashash xonalari va oshxona pollari maydoniga nisbati 1:10 dan kam bo‘lmasligi kerak.

    ШНҚ 2.08.01-24, 326-банд

    Norma matni
    Турар жой объектлари хоналарини табиий ёритишни мазкур ШНҚнинг 7-иловасига мувофиқ табиий ёритилганлик коэффициентининг норматив қийматини инобатга олган ҳолда лойиҳалаштирилиши, бунда деразалар майдонининг яшаш хоналари ва ошхона полларининг майдонига нисбати 1:10 дан кам бўлмаслиги керак.
  2. Qoplama sathida o‘rtacha gorizontal yoritilganlik: bolalar o‘yin maydonchalari — 10 lx, chiqindi yig‘gichlardagi xo‘jalik maydonchalari — 2 lx, asosiy qatnov yo‘llari — 4 lx, ikkinchi darajali — 2 lx.

    ШНҚ 2.01.05-24, 16-жадвал

    Norma matni
    Ўртача горизонтал ёритилганлик, lx | 9. Қатнов йўллари: | асосий | 4 | иккинчи даражали, шу жумладан пиёда йўлакларининг кириш жойлари | 2 | 10. Чиқинди йиғгичлардаги хўжалик майдончалари | 2 | 11. Болалар ўйин майдончалари | 10
  3. Derazalarni ufqning g‘arbiy tomoniga 200–290° oralig‘ida yo‘naltirish mumkin emas; ikki xonali kvartiraning bitta, uch xonali kvartiraning ikkita xonasi, yotoqxonalarda xonalarning 25 foizi janub, janubi-sharq, sharqqa qaratiladi.

    SanQvaN 0102-25, 15-band

    Norma matni
    Turar joy obyektlari xonasidagi derazalarni ufqning gʻarbiy tomoniga 200 — 290° oraligʻida yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ikki xonali kvartirani bitta xonasi, uch xonali kvartirani ikkita xonasi, yotoqxonalarda esa jami xonalarning 25 foizi ufqning janubiy, janubiy-sharqiy, sharqiy tomoniga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
  4. Bahor-kuz mavsumida 1–3 xonali kvartiralarning kamida bitta xonasiga, 4–5 xonali kvartiralarning kamida ikkita xonasiga quyosh nurining davomiy tushishi ta’minlanishi kerak.

    SanQvaN 0102-25, 94-band

    Norma matni
    Yilning bahor-kuz mavsumida 1 — 3 xonali kvartiralarning kamida bitta xonasiga va 4-5 xonali kvartiralarda kamida ikkita xonasiga quyosh nurining davomiy tushishi taʼminlanishi kerak.
  5. Xona 22-martdan 22-sentabrgacha bo‘lgan davrda 2 soat davomida, uy atrofidagi hudud kamida 0,5–1 soat davomida uzluksiz quyosh nuri ta’sirida bo‘lishi lozim.

    SanQvaN 0102-25, 95-band

    Norma matni
    Turar joy obyektlari insolyatsiyasining eng maqbul samaradorligiga erishish uchun xona 22-martdan 22-sentabrgacha boʻlgan davrda 2 h (soat) davomida va uy atrofidagi hududda kamida 0,5 — 1 h (soat) davomida uzluksiz quyosh nuri taʼsiri ostida boʻlishi lozim.

Shovqindan himoya

  1. Kvartiralarning yashash xonalarida tovush darajasi kunduzi (7-23) 40 dB, kechasi (23-7) 30 dB, maksimal 55/45 dB; uyga bevosita yondosh maydonlarda (to‘suvchi konstruksiyadan 2 m da) 55/45 dB, maksimal 70/60 dB.

    ШНҚ 2.08.01-24, 8-илова

    Norma matni
    Кун вақти, соат | Товуш даражаси, dB | Қисқа вақтдаги товушнинг максимал даражаси, dB | Квартиралар, қария ва ногиронлиги бўлган шахслар уй-интернатларининг яшаш хоналари | 7-23 23-7 | 40 30 | 55 45 | Турар жой уйларга бевосита ёндош майдонлар*) | 55 45 | 70 60 | * — тўсувчи конструкциялардан 2 m да.
  2. Yopmalar (kvartira xonalari orasida va ularni hollar, zinalar, foydalaniladigan chordoqdan ajratuvchi): R_w 52 dB, zarba shovqini L_nw 60 dB; kvartiralar orasidagi va kvartirani ofis, zina, holl, yo‘lakdan ajratuvchi devorlar: R_w 52 dB.

    ШНҚ 2.01.08-24, 9-илова, 1-жадвал

    Norma matni
    R_{w}, dB | 1. Хонадоннинг хоналари ўртасидаги ёпмалар ва хонадонларнинг хоналарини холлар, зиналар ва фойдаланиладиган чордоқ хоналаридан ажратиб турувчи ёпмалар | 52 | 60 | 7. Хонадонлар ўртасидаги, хонадоннинг хоналари ва офислар ўртасидаги, хонадоннинг хоналари ва зиналар, холлар, йўлаклар, вестибюллар ўртасидаги деворлар ва тўсиқлар | 52

Muhandislik tizimlari

  1. Turar joy obyektlarida tom qismlarining kamida 50 foiziga quyosh panellari o‘rnatilishi kerak.

    ШНҚ 2.08.01-24, 315-банд

    Norma matni
    Турар жой объектларида том қисмларининг камида 50 фоизига қуёш панеллари ўрнатилиши керак.

Sxematik rejalar

Oshxona15,2 m²Sanuzel8,2 m²Dahliz12,2 m²Yo‘lak7,6 m²Umumiyxona22,8 m²Yotoqxona20,4 m²LiftZinapoyaQavat holli22,3 m²Dahliz7,0 m²Sanuzel4,5 m²Xona18,5 m²Oshxona13,2 m²Yotoqxona12,9 m²Oshxona14,4 m²Dahliz10,6 m²Sanuzel5,3 m²Yotoqxona20,4 m²Umumiyxona22,8 m²2 xonali1 xonali3 xonali↑ Shimol5 m
Seksiya qavati (21,6 × 12 m, namuna) Chapda — 2 xonali (86,4 m²), o‘rtada — 1 xonali (43,2 m²), o‘ngda — 3 xonali (86,4 m²) kvartira. Xona maydonlari va enlari ШНҚ 2.08.01-24 ning 35, 36-bandlari bo‘yicha; har kvartirada kamida bitta (3 xonalida ikkita) xona janubga. Maydonlar devor o‘qlari bo‘yicha (sxema).

Muhim

  • СанҚваН 0102-25 ning 9-bandi («45°C burchak») va 16-bandi (derazalar 90°–290° ga qaratilmasin) matni noaniq va 15-band bilan mos kelmaydi — ular ro‘yxatga kiritilmadi. Model 15-bandga ko‘ra: derazalar g‘arbga (200–290°) qaratilmagan.
  • Chiqindi maydonchasi masofasi normalarda farq qiladi: ШНҚ 2.07.01-23 (93-band) — binolargacha kamida 25 m, ШНҚ 2.08.01-24 (346-band) — derazalargacha kamida 20 m. Modelda qat’iyrog‘i olingan.
  • Nogironlar uchun avtoturargoh joylari ulushi ham farq qiladi: ШНҚ 2.08.01-24 (26-band) — 2,5–3 %, ШНҚ 2.07.02-24 (201-band) — 3 %, ШНҚ 2.07.01-23 (411-band) — kamida 5 %. Modelda 42 joydan 3 tasi.
  • Avtoturargoh joylari soni (29-jadval) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘proq — har 10 ta kvartiraga 7 ta; model boshqa viloyatlar uchun hisoblangan.
  • Model va rejalar — o‘quv maqsadidagi namunaviy sxema; ular tayyor (namunaviy) loyiha sifatida ishlatilmaydi.
  • Talablar ro‘yxati to‘liq emas — eng muhim raqamli talablar tanlangan. Loyihalashda normaning to‘liq va amaldagi matniga, shuningdek boshqa normalarga (konstruksiya, muhandislik tarmoqlari va h.k.) amal qiling.

← Barcha bino turlari

Qabul qilamiz

UzcardHumoVisaMastercard

To‘lov bank yoki to‘lov tizimining himoyalangan sahifasida amalga oshadi va 3D Secure bilan tasdiqlanadi. Karta ma’lumotlari saytimizda saqlanmaydi.