Ushbu SHNQning 28-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq bajariladigan hisoblarda tanlangan yoʻnalish boʻyicha k nuqtaga qoʻyilgan va bino va inshoot xususiy tebranishlarining i-shakliga mos hisobiy seysmik yuk quyidagi formulalardan aniqlanadi:
bu yerda:
Soik — konstruksiya elastik deformatsiyalanadi deb aniqlanadigan inersiya kuchi;
α — qurilish maydonchasining seysmikligiga koʻra ushbu SHNQning 8-jadvalidan aniqlanadigan koeffitsiyent;
Qk — mazkur SHNQning 17-bandiga muvofiq konstruksiyaga taʼsir qiluvchi hisobiy yuklardan aniqlanadigan hisobiy sxemaning k nuqtasiga qoʻyilgan bino va inshoot vazni;
Wi — mazkur SHNQning 38-bandiga koʻra aniqlanadigan spektral koeffitsiyent;
Kδ — mazkur SHNQning 41-bandiga asosan aniqlanadigan dissipatsiya koeffitsiyenti;
Km — mazkur SHNQning 55-bandiga muvofiq aniqlanadigan muntazamlik koeffitsiyenti;
Kmas — mazkur SHNQning 4-jadvali asosida qabul qilinadigan masʼullik koeffitsiyenti;
Kq — bino yoki inshootning qavatlar soniga bogʻliq holda mazkur SHNQning 42-bandiga koʻra aniqlanadigan koeffitsiyent;
ηik — bino yoki inshootning i-shakli boʻyicha xususiy tebranish shakli hamda hisobiy sxema boʻyicha ogʻirliklarning joylashuviga bogʻliq koeffitsiyent boʻlib, mazkur SHNQning 43 va 44-bandlari boʻyicha aniqlanadi;
Kt — zilzilaning takroriyligini hisobga oluvchi koeffitsiyent, mazkur SHNQning 5-jadvalidan aniqlanadi.
| Qurilish maydonchasining seysmikligi, ballarda | 7 | 8 | 9 | >9 |
| α koeffitsiyent | 0,25 | 0,5 | 1,0 | 1,4 |
| Masʼullik boʻyicha toifalarning tavsifi | Binolar va inshootlar turi | Masʼullik boʻyicha toifasi | Kmas, masʼullik koeffitsiyenti |
|---|---|---|---|
| 1. Ijtimoiy masʼulligi yuqori boʻlgan oʻta masʼuliyatli hamda noyob bino va inshootlar | Umumiy sigʻimi 3000 dan ortiq tomoshabinga moʻljallangan teatr va kinoteatr binolari, konsert zallari, madaniyat saroylari, yopiq sport majmualari va stadionlar, savdo-koʻngilochar binolar hamda boshqa jamoat binolari; Muzey binolari, moddiy madaniy meros obyektlari, davlat arxiv binolari; Ravogʻining uzunligi 60 m dan katta bino va inshootlar | I | 2 |
| 2. Zilzila va uning oqibatlarini bartaraf etish davrida favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish davrida uzluksiz ishlashi hayotiy muhim boʻlgan bino va inshootlar | Yongʻin qutqaruv depolari; Energiya va ichimlik suvi taʼminoti tizimi bino va inshootlari; Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi, mobil aloqa va maʼlumot uzatish tizimi binolari va inshootlari, jumladan optik va simli aloqa tarmoqlari, minoralar, antenna-machtalar, tayanchlar, data-markazlar va boshqa shu turdagi inshootlar; Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va davlat xavfsizlik xizmati maʼmuriy binolari; Favqulodda holatlar uchun moʻljallangan boshqaruv va vaziyatlar markazlari binolari; Travmatologiya va jarrohlik boʻlimlari mavjud tibbiyot tashkilotlari binolari; Tez tibbiy yordam stansiyalari/podstansiyalarining binolari; SHNQ 2.05.01-23 boʻyicha toifasi III va undan yuqori boʻlgan temir yoʻl vokzallari, shuningdek aeroport binolari, ularning dispetcherlik punktlari inshootlari hamda havo kemalari uchun angarlar; Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etuvchi avariya, tibbiyot va boshqa xizmatlarga moʻljallangan garaj binolari. | II | 1,5 |
| 3. Buzilishi ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarish mumkinligi nuqtai nazaridan zilzilabardoshligi muhim boʻlgan bino va inshootlar | Odamlarning uzoq muddat toʻplanishiga bogʻliq holda ekspluatatsiya qilinadigan binolar: taʼlim tashkilotlari binolari; tibbiyot tashkilotlari binolari (masʼulligi boʻyicha II toifaga mansub binolar bundan mustasno); nogironligi boʻlgan, hayot faoliyati cheklangan va kamharakat guruhlarga kiruvchi shaxslar hamda keksalar uchun internat-uylar binolari; barcha turdagi yotoqxona va mehmonxonalar; jazoni ijro etish muassasalari binolari; umumiy sigʻimi 300 dan 3000 gacha tomoshabinga moʻljallangan teatr va kinoteatr binolari, konsert zallari, madaniyat saroylari, yopiq sport majmualari va stadionlar hamda boshqa jamoat binolari; ravogʻi 30 dan 60 m gacha boʻlgan binolar (masʼulligi boʻyicha II toifaga mansub binolar bundan mustasno); sigʻimi 100 dan ortiq boʻlgan savdo-koʻngilochar majmualar binolari, shu jumladan, bozor va supermarket binolari va inshootlari. | III | 1,2 |
| 4. mazkur jadvalning 1, 2, 3 va 5-pozitsiyalariga kirmaydigan bino va inshootlar | Masʼulligi boʻyicha I, II, III va V toifaga mansub binolardan tashqari, barcha turar joy, jamoat va sanoat binolari. | IV | 1 |
| 5. Jamoat xavfsizligi uchun muhim boʻlgan ikkinchi darajali masʼuliyati past binolar | Odamlarning doimiy toʻplanishi bilan hamda binoning buzilishi qimmatbaho asboblarning ishdan chiqishi va (yoki) atrof-muhit ifloslanishi bilan bogʻliq boʻlmagan binolar va inshootlar: issiqxonalar (issiqxona va parnik); vaqtinchalik saqlashga moʻljallangan kichik omborxonalar; yengil va ochiq pavilyonlar; vaqtinchalik va yordamchi obyektlar | V | 0,8 |
| Izohlar: 1) masʼullik koeffitsiyenti (Kmas) qiymatining oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi; 2) seysmikligi 6 ball va seysmiklik xossasi boʻyicha grunt III toifaga mansub hududlarda quriladigan V masʼullik boʻyicha toifasiga mansub binolar uchun Kmas masʼullik koeffitsiyenti 2-martaga kamaytiriladi (0,8/2=0,4); 3) mudofaa obyektlari, zaharli yoki yuqori portlash xavfiga ega moddalar saqlanadigan bino va inshootlar maxsus texnik shartlar hamda ularga taalluqli normativ hujjatlar asosida loyihalashtiriladi. | |||
| Takroriylik davri, yillarda | Zilzila jadalligiga mos boʻlgan takroriylik koeffitsiyenti, Kt | |
|---|---|---|
| 7 va 8 ball uchun | 9 va yuqori ballar uchun | |
| 475 | 1,20 | 1,25 |
| 975 | 1,0 | 1,15 |
| 2475 | 0,8 | 1,0 |
| 4975 | - | 0,9 |
Rasmiy manba: lex.uz. Matn holati: 15.10.2026. Rasmiy matn lotin yozuvida.